Kontent qismiga oʻtish

Qurt

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Qurtkapalaklarning lichinkalik davri. Chuvalchangsimon tanasi bosh, 3 ta koʻkrak va 10 ta qorin boʻgʻimlaridan tashkil topgan; kaftida ilgaklari bor, 1—5 juft qorin oyogʻi (1—2 juftdan boshqasi) qorin boʻgʻimlariga joylashgan. Odimchilar Q.i ikki juft oxirgi qorin oyoqlariga ega; boshqa baʼzi kapalaklar Q.ida koʻpincha qorin, ayrimlarida esa koʻkrak oyoqlari ham boʻlmaydi. q. boshida yaxshi rivojlangan paypaslagichli ustki va pastki lab, juft jagʻlardan tashkil topgan kemi-ruvchi tipdagi ogʻiz apparati bor; boshining yon tomonlarida 6 tadan oddiy koʻzchalar joylashgan. Har poʻst tashlash davrida bosh gʻilofi ham alma-shinadi; biroq gʻilof kengligi oʻzgarishsiz qoladi; unga qarab qurtlar yoshini aniqlash mumkin. Pastki labda joylashgan yigiruvchi gʻudda uchiga ipak ajratuvchi bez yoʻllarining ochilganligi Q. uchun xos Q., asosan, oʻsimlikxoʻr boʻlib, toʻgʻridan toʻgʻri oʻsimlik sirtida yoki toʻqimalar ichida oziqlanadi. Koʻpgina turlari ekinlar zararkunandasi (mas, gʻoʻza tunlami, kuzgi tunlam, undov tunlami, karadrina qurtlari), baʼzilari foydali (tut ipak qurti va boshqalar).




pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy