Kontent qismiga oʻtish

Radiolokator

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Radiolokator yoki radiolokatsiya stansiyasi — turli obʼyektlar (nishonlar)ni radiolokatsiya usulida kuzatish uchun moʻljallangan qurilma; radar. Asosiy elementlari: antennalar tizimi, uzatkich, yorugʻlik indikatorli qabul qilgich (priyomnik) va RhM (kompyuter). Havo, suv yoki qurukdikdagi turli obʼyektlarni kuzatishga imkon beradi.

Radiolokator birinchi marta 1936-yil Buyuk Britaniyaning jan.gʻarbiy qirgʻogʻida oʻrnatilgan. U faqat samolyotlarni aniqlashda qoʻllangan. 20-asr 50—60 yillarida raketa va kosmik texnikaning yaratilishi munosabati bilan ancha takomillashgan radiolokatorlar ishlab chikarila boshladi.

Vazifasiga koʻra, radiolokatorlar bir necha turga boʻlinadi. Bular, Mas, qavodagi harakatni boshqarish tizimining kosmik uchish apparatlarini izlaydigan radiolokatorlar, havo hujumiga qarshi mudofaa radiolokatorlarida ishlatiluvchi boshqariladigan zenit raketalarini aniqlash yoki nishonga eltish radiolokatorlar va boshqa órnatilish joyiga qarab, yerda, kemada, samolyotda, sunʼiy yoʻldoshda turadigan; texnik koʻrsatkichlari boʻyicha metrli, detsimetrli, santimetrli, millimetrli (MM) va boshqa, ish usuli va rejimlari boʻyicha — impulyeli va uzluksiz nurlatuvchi, kogerent hamda kogerentsiz ish rejimli va boshqa farq qilinadi. Muhim uzellarining parametrlari (uzatkichi, qabul qilgichi, antennasi, qabul qilingan signallarni qayta ishlash tizimi) boʻyicha ham xillarga boʻlinadi.

Yer sunʼiy yoʻldoshlarini kuzatadigan va ularning trayektoriyalarini oʻlchaydigan radiolokator, boshqa sayyoragacha boʻlgan masofalarni, uning harakat parametrlari va boshqa fizik koʻrsatkichlarini oʻlchaydigan radiolokatorlar bir necha ming km naridagi obʼyektlarni kuzatish uchun qisqa toʻlqinda ishlaydigan radiolokatorlar, Mas, ballistik raketa uchirilgan zahoti uning koordinatalarini taxminan aniqlash, yadro portlatishlarini sezish va boshqa maqsadlarda qoʻllanadi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil





pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy