Kontent qismiga oʻtish

Radiostansiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Radiostansiya (radio va stansiya) — axborotlarni radiotoʻlqinlar yordamida uzatish yoki qabul qilish uchun moʻljallangan texnik qurilmalar va apparatlar majmui. Radiostansiyada radiouzatkich, radiopriyomnik, antennalar, tok manbai va sovitish qurilmalari, kabel yoki havo liniyalari, boshqarish punktlari va boshqa boʻladi. Uzatuvchi, qabul qiluvchi va qabul qiluvch iuzatuvchi Radiostansiyalar bor. Uzatuvchi radiostansiya radioeshittirish (konsertlar, spektakllar va boshqalarni bir tomonlama uzatish uchun), televizion (televideniye dasturlarini uzatish uchun), magistral radioaloqa (telegraf va telefon apparatlari yordamida radioaloqa oʻrnatish uchun) hamda maxsus (radionavigatsiya, radioastronomiya va boshqa uchun) xillari bor. Ultra qisqa, oʻrta va uzun toʻlqinlarda ishlaydi. Unda faqat radiouzatkich boʻladi (radiopriyomnik boʻlmaydi). Uzatuvchi televizion radiostansiyada ikkita radiouzatkich bor: biri tasvirni, ikkinchisi tovushni uzatadi. Qabul qiluvchi radiostansiya uzatuvchi radiostansiya signallarini qabul qiladi. Asosiy qismlari: antenna va radiopriyomnik. Muqim (statsionar) va Kuchma xillari bor. Odatda, koʻchma radiostansiya radiouzatkich bilan birga ishlatiladi. Qabul qiluvchiuzatuvchi radiostansiya ikki tomonlama aloqa qilishga imkon beradi. Asosiy qismlari: antenna, radiouzatkich, radiopriyomnik, tok manbai va qoʻshimcha qurilmalar. Signallarni galma gal uzatadigan va qabul qiladigan (simpleks) hamda bir vaqtda uzatib qabul qiladigan (dupleks) muqim va koʻchma xillari bor. Ko'chma radiostansiya avtomobil, samolyot, kema va boshqalarga oʻrnatiladi. Muqim radiostansiya maxsus binoga joylashtiriladi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy