Kontent qismiga oʻtish

SARS-CoV-2 alfa shtammi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
VOC-2020/12/01 shtammi rasman qayd etilgan davlatlar

SARS-CoV-2 koronavirusining alfa shtammi[1], shuningdek, VOC-202012/01 shtammi, B.1.1.7 liniyasi, 20B/501Y.V1 nomlari bilan maʼlum — COVID-19ni keltirib chiqaruvchi SARS-CoV-2 virusi shtammidir. Bu shtamm ilk marta 2020-yil Buyuk Britaniyada COVID-19 pandemiyasi vaqtida aniqlangan. Shtammning aniqlangan eng birinchi namunalari 20-sentabrda olingan[2]. Dekabr oʻrtalarida shtamm tezlik bilan tarqalishni boshladi.

Shtamm bir necha nomlar bilan maʼlum. OAVda uni asosan „COVID-19 britancha shtammi“ va „koronavirusning britancha shtammi“ deyishadi. Bu shtammni avval Angliya Jamoat sogʻligʻini saqlash departamenti „2020-yil dekabrda oʻrganilayotgan birinchi shtamm“ deb atagan (VUI — 202012/01) lekin Meera Chand va uning hamkasblari tashabbusi bilan Angliya Jamoat sogʻligʻini saqlash tashkiloti tomonidan „Xavotirga soluvchi shtamm“ (Variant of Concern 202012/01) kategoriyasiga oʻtkazilgan. Buyuk Britaniya COVID-19 genomikasi Konsortsiumi (COG-UK) eʼlon qilgan hisobotda Andrew Rambaut va hammualliflari bu shtammni B.1.1.7. CDC liniyasi deb nomladi, Nextstrain talqini boʻyicha esa 20B/501Y.V1 deb nomlangan.

SARS-CoV-2 virusi koʻplab mutatsiyalarga uchrashi mumkin.

pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy