Kontent qismiga oʻtish

Shajara

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shajara (arab. – daraxt) – kishilarning kelib chiqishi, ajdodlari va qon-qarindoshlik aloqalari majmui. Uni tarix fanining bir tarmogʻi – genealogiya fani oʻrganadi. Podsholar, hukmdorlar, afsonaviy qahramonlar nasl-nasabiga qiziqish qadim zamonlardanoq boʻlgan, lekin oʻrta asrlarda Shajara imtiyozli tabaqalarning paydo boʻlishi va ularning avlod-ajdodlarini rasmiylashtirishga qiziqishning kuchayishi bilan alohida ahamiyat kasb etgan. Bu, oʻz navbatida, 15-asrdan boshlab Shajara oʻrtasidagi nikoh aloqalari haqida guvohlik beruvchilarning paydo boʻlishiga olib kelgan. Shu davrlarda urugʻ yoki bir-biriga yaqin bir necha urugʻ aʼzolarining nasl-nasabiga oid bir necha daftarlar tuzila boshlagan. Osiyo mintaqasiga oid dastlabki yirik asarlar 15—17-asrlarda paydo boʻlgan. Ayniqsa, Abulgʻoziy Bahodirxonning „Shajarayi turk“ va „Shajarayi tarokima“ asarlari 13—17-asrlardagi moʻgʻul va turk urugʻlari, hukmdorlari haqida qimmatli maʼlumotlar beradi. Oʻrta Osiyoda nasab daftariga xoʻjalar, saidlar va boshqalar ega boʻlib, bu hujjatlar ularning paygʻambar, sahobalar, tarxon, beklar naslidan kelib chiqqanligini koʻrsatuvchi dalil sifatida, shuningdek, soliq toʻlash, xalq hasharlariga chiqish va boshqa ishlarda alohida imtiyozga, umuman jamiyat hayotida yuqori mavqega ega boʻlishi uchun xizmat qilgan. Shajara hujjatlari dastlab shaxsning siyosiy mavqeiga koʻra, guvohlar ishtirokida hukmdorlar huzurida tuzilgan va uning muhri bilan tasdiqlangan. Keyinchalik hukmdorlar avvalgi muhrlarni koʻrib tasdiqlab beraverishgan.[1]

  1. „Shajara“ OʻzME. Sh-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy