Kontent qismiga oʻtish

Sovun

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Qoʻlbola sovun.

Sovun suv bilan birga tozalashda ishlatiluvchi sirt-faol moddadir. Sovun qattiq yoki suyuq holatlarda ishlab chiqariladi.

Sovun — tarkibida 8 tadan 18 tagacha uglerod atomi boʻlgan yuqori molekulali yogʻ, naften va smola kislotalarining tuzlari (qarang Karbon kislotalar). Sovunda va roʻzgʻorda (tovar Sovun) Sovun deganda karbon kislotalarning suvda eriydigan tuzlariga yuvuvchi taʼsirga ega boʻlgan baʼzi moddalarning qoʻshilmasi tushuniladi. Bu aralashmalarning asosini toʻyingan va toʻyinmagan yogʻ kislotalari (stearin, palmitin, miristin, laurin va olein)ning natriyli (baʼzan, kaliyli va ammoniyli) tumari tashkil etadi. Mol. m. kichik kislotalar yuvuvchi taʼsirga ega emas, mol. m. katga kislotalar esa suvda yomon eriydi. Ishqoriy yer va ogʻir metallar (mis, simob va boshqalar)ning tuzlari shartli ravishda "metall" Sovun deyiladi. Ularning koʻpchiligi suvda erimaydi, lekin uglevodlarda eriydi, bunday tuzlar plastik (konsistent) surkov materiali, loklar, plastifikatorlar va boshqa tayyorlashda qoʻllanadi. Suvsiz natriyli Sovun — qattiq modda, suyuqlanish temperaturasi 250—260°. Sovun ga suv qoʻshilganda uning suyuqlanish temperaturasi pasayadi. Tovar Sovunning suyuqlanish temperaturasi 100°. Qattiq Sovunning zichligi 1050 kg/m³ ga yaqin; suvsiz S, gifoskopik Sovunning yuvuvchi modda, hoʻllagich, emulgator, peptizator, surkov materiallari va boshqa sifatida keng ishlatilishining sababi Sovun molekulalarning oʻziga xos tuzilganligidir. Sovun — sirt faolmoddalaraan. Sovun suvli eritmalarda gidrolizlanadi. Sovun eritmasi ishqoriy reaksiyaga ega. Oʻta suyultirilgan Sovun ionlarga toʻliqdissotsiyalanadi. Qattik, suvda Sovunning yuvuvchi taʼsiri keskin pasayadi, chunki bunda suvda erimaydigan kalsiy va magniy tuzlari hosil boʻladi (qarang Suvning qattiqligi).

Sovun qadimdan maʼlum yuvuvchi vositadir. Qadimgi gallar va germanlar yogʻlarni oʻsimlik kuli, ohak va tabiiy ishqorlar bilan ishlab Sovun tayyorlaganlar. 17-asrda potash (K2SO3) qoʻllab kaliyli suyuq ("yashil") Sovun ishlab chiqarilgan. 1800-yildan suyuq Sovunga qaynatish paytida osh tuzi bilan ishlov berish orqali qoʻlbola "qattiq va sariq" natriyli Sovunch. boshlangan. Ilk bor kalsinatsiyalangan sodadan foydalanib sanoat miqyosida Sovun ishlab chiqarish 18-asr oxirlarida amalga oshirilgan.

Maʼlumki, kir kiyimkechak va boshqa materiallarda turli yogʻlar boʻladi. Bunday materiallar suv bilan yuvilganda toza boʻlmaydi, chunki kir tarkibidagi yogʻlar hoʻllanmaydi. Sovun bilan yuvilganda Sovunning tortadigan qismi (yaʼni karboksil guruh) kir tarkibidagi yogʻlarni hoʻllaydi. Natijada materialdagi kir Sovun eritmasi bilan emulsiya hosil qiladi va suv bilan oson yuviladi.

Sovun neytral yogʻlarga oʻyuvchi ishqorlar taʼsir ettirib yoki yogʻ kislotalarini oʻyuvchi ishqorlar yoxud ishqorli karbonatlar bilan neytrallab olinadi. Sovun konsistensiyasiga koʻra, qattiq, mazsimon, suyuk va poroshoksimon boʻladi; ishlatilish maqsadiga qarab kir S, atir Sovun va texnik Sovunga boʻlinadi; tayyorlash usuli boʻyicha yelimli va oʻzakli Sovunga ajraladi.

Natural va gidrogenlangan holdagi oʻsimlik yogʻlari, hayvon yogʻlari, sintetik yogʻ kislotalari, yogʻlarni tozalashda hosil boʻlgan chiqindilar, kanifol Sovun tayyorlash uchun xom ashyo sifatida ishlatiladi. S. pishirish uchun neytral va parchalangan yogʻlardan foydalaniladi.

  • Abramzon A. A., Poverxnoaktivnie veshestva, 2 izd., L., 1981.

Sobirjon Aminov.

Kimyoviy jihatdan sovun yogʻ kislotasining tuzidir. Odatda sovun yogʻ va ishqorlar (natriy gidroksid, kaliy gidroksid kabi) yoki natriy karbonat reaksiyalari natijasi oʻlaroq hosil qilinadi. Bunda ishqor va suv yogʻni gidrolizlab, glitserin va sovunga aylantiradi. Sovun tabiiy jarayon orqali ham hosil boʻlishi mumkin; hayvon murdalarining qisman sovunga aylangani kuzatilgan.

Zamonaviy sovunlarga koʻp miqdorda boshqa yuzaviy-faol moddalar (masalan, abraziv, enzimlar, oksidlovchilar, atir va hokazo) qoʻshiladi.




pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy