Kontent qismiga oʻtish

Sugʻurlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sugʻurlar (Marmota) — tiyinlar oilasiga mansub kemiruvchilar urugʻi. 15 turi bor. Tanasining uz. 60 sm cha, dumi 20 sm cha, ogʻirligi 2,5–9 kg. Boʻyni kalta, koʻzi katta, quloq suprasi kichik. Junlari kalin va uzun. Yevrosiyo va Shimoliy Amerikada tarqalgan. Oʻzbekistonda uzun dumli (qizil) sugʻurlar va koʻk sugʻurlar uchraydi. Togʻ hamda pasttekisliklardagi oʻtloklarda yashaydi. 1 — 6 ta kirishchikish teshikli murakkab uyalar (3 m cha chukurlikda, 8 m cha uzunlikda) qaziydi. Qishda uyquga kiradi. Oila boʻlib hayot kechiradi. Koloniya xreil qiladi. May oyida bolalaydi. Bolalari iyun—iyul oylarida uyasidan chiqadi. 2 yidda jinsiy voyaga yetadi. Har xil oʻtlar (asosan, boshokli), baʼzan chuvalchang, mollyuska va hasharotlar bilan oziqlanadi. Yogʻi va moʻynasi uchun ovlanadi. Koʻk sugʻurlar Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi roʻyxatiga va Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.




pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy