Kontent qismiga oʻtish

Suvaysh kanali

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Suvaysh kanali

Suvaysh kanali (arabcha: قناة السويس) — Misrning shim.sharqiy qismidagi kema qatnaydigan shlyuzsiz dengiz kanali. Oʻrta dengizni Qizil dengiz bilan birlashtirib turadi. Atlantika va Hind okeanlari oʻrtasidagi eng qisqa suv yoʻli (Afrikani aylanib oʻtishni 8—15 ming km ga qisqartiradi). Suvaysh kanali xududi Osiyo bilan Afrika oraligʻidagi shartli geografik chegara deb qabul qilingan. Kanal kema qatnovi uchun 1869-yil 17-noyabrda rasmiy ochilgan. Uzunligi 161 km (kanalning chikishdagi davomi bilan esa 173 km). Kengligi 120–150 m, oʻzanining tubida 45–60 m. Chukurligi farvaterida 12,5– 13 m. Kemalar kanalni oʻrtacha 11—12 soatda suzib, oʻtadi. Kanalga kiraverishdagi eng yirik portlar: Oʻrta dengizda Port Sayd va Qizil dengizda Suvaysh. Suvaysh kanali trassasi Suvaysh buyninnng eng tor va past qismidan, qator koʻl (Timsoh koʻli, Katta va Kichik Shoʻr koʻllar) hamda Manzala lagunasi orqali oʻtgan. Kanal zonasini ichishga yaroqdi suv bilan taʼminlash uchun Nil daryosidan uz. 180 km chuchuk suvli Ismoiliya va Port Sayd yoʻnalishida Abbosiya kanallari qazilgan (Qadimgi Misrda mil. av. 2 ming yillikda Nil daryosini Qizil dengiz bilan bogʻlagan kanal — Firʼavnlar kanali qazilgan). Suvaysh kanali neftga boy Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarini hamda Osiyo, Avstraliya va Sharqiy Afrikani Gʻarbiy Yevropa bilan bogʻlovchi xalqaro dengiz yoʻlida joylashgan. Kanalda tashilayotgan jami yuklarning 70% dan koʻprogʻi neft va neft mahsulotlariga toʻgʻri keladi. Kanal qurilishi 1859-yil 25 aprelda fransuz (Linan va Mujel) va italyan (Negrelli) muhandislari loyihasi boʻyicha boshlangan. Kanal qazishda har oyda Misr dehqon (falloh)laridan 60 ming kishi majburan jalb qilingan. 1882-yilda Angliya Misrni bosib olgach, Suvaysh kanali Buyuk Britaniyaning yaqin Sharqdagi eng katta harbiystrategik bazasi boʻlib qoldi. Suvaysh kanalini 1956-yilga qadar, asosan, Angliya va Fransiyaga qarashli kompaniyalar boshqarib kelgan. 1956-yil 26-iyulda Misr hukumati kanalni natsionalizatsiya kildi. Kanal orqali oʻtadigan kemalardan olinadigan boj haqi MAP iqtisodiyotiga katta daromad keltiradi.

Qatnovning toʻxtab qolishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kanalda kemalar qatnovini toʻliq toʻxtatib qoʻygan „Evergreen“ transport kompaniyasining Panama bayrogʻi ostida suzgan kemasi sayozlikka oʻtirib qolishi oqibatida 180 kemadan iborat tirbandlik yuzaga kelgan. Bundan kelib chiqayotgan kunlik zarar miqdori esa 9,6 milliard dollarni tashkil etgan. Dunyodagi eng katta — 400 metrli konteyner tashuvchi kema Suvaysh kanalida tiqilib, harakatni toʻxtatib qoʻyganidan soʻng neft narxi keskin koʻtarildi. Brent rusumidagi neftning bir barreli narxi 5,77 foizga oshib, 64,3 dollarni tashkil etgan. WTI rusumidagi neft narxi esa 24 soat ichida 5,14 foizga koʻtarilib, bir barreli 60,73 dollarga chiqqan[1]. Suvaysh kanali maʼmuriyati mart oyi oxirida «Ever Given» konteyner kemasi 6 kunga tiqilib qolgan joyni kengaytirish va chuqurlashtirishga qaror qildi.[2].

Nihoyat, 29 mart kuni tongda Suvaysh kanalida sayozlikka chiqib qolgan va kanalning qatnov qismini butkul yopib qoʻygan Ever Given kemasi suvga qaytarildi. Buning ortidan 30 mart kuni kanalda kemalar qatnovi qaytadan tiklandi. 3-aprelga kelib esa kanal oʻz faoliyatini toʻliq qayta tiklagan. Mazkur hodisa natijasida 420 dan ortiq kema bir hafta mobaynida Qizil va Oʻrta dengizlarni bogʻlaydigan Suvaysh kanali portlarida tirbandlikda qolib ketdi. Uning jahon iqtisodiga zarari esa millionlab dollarni tashkil qildi. Kanal orqali jahon savdo aylanmasining 10 foizi amalga oshiriladi. Misr esa ushbu hodisa tufayli bir necha yuz million dollar zarar koʻrdi[3].

Kema bilan sodir boʻlgan voqea boʻyicha tergov eʼlon qilindi. Holat yuzasidan kema kapitani aybdor ekani isbotlangan. Ever Given bilan sodir boʻlgan voqea boʻyicha tergovda kema yoʻnalishida xato qilingani tasdiqlandi. Buning uchun toʻliq javobgarlik kemaning kapitanida boʻladi.[4].

Misr sudi 20-iyun kuni «Ever Given» konteyner kemasi egasining Suvaysh kanali uchun tovon puli toʻlash toʻgʻrisidagi eshituvlarini yana ikki haftaga qoldirdi. Iqtisodiy va xoʻjalik ishlari sudi kanal advokatlarining iltimosiga binoan tomonlarga muzokaralarni davom ettirish va xalqaro kelishuvga tinch yoʻl bilan erishish uchun sud majlisini 4-iyulga qoldirgan. Kanal manfaatlarini himoya qiluvchi advokat Xolid Abu Bakir „tomonlar ba’zi masalalarda murosaga kelishgani“ va „konteyner kemasi egalaridan Suvaysh kanali ma’murlari talablarini qondira oladigan taklif berilgani“ga ishora qilgan[5].

Suvaysh kanali ma’murlari mart oyida kemalar harakatini toʻsib qoʻygan «Ever Given» konteyner kemasiga egalik qiluvchi «Evergreen» kompaniyasi bilan 540 million dollarlik tovon puli toʻlash toʻgʻrisida kelishuvga erishdi. Tomonlar oʻrtasida har qanday shikoyatlardan bosh tortish boʻyicha bitim imzolangan. Kelishuv Suvaysh kanali rahbariyati kompaniyaga qarshi daʼvo miqdorini 916 million dollardan 540 million dollarga kamaytirgandan soʻng amalga oshgan[6].

  1. „Сувайш каналидаги қатновни тўлиқ тўхтатиб қўйган кема етказган зарар миқдори маълум бўлди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-mart.
  2. „Миср Сувайш каналининг «Ever Given» контейнер кемаси тиқилиб қолган қисмини кенгайтиради“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-may.
  3. „Шарқий экспресс. Қатнов тикланган Сувайш канали, Иорданияда ҳибслар, Қоҳира бўйлаб сайр қилган Рамзес II“. Bugun.uz. 2021-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-aprel. (Wayback Machine saytida 2021-08-17 sanasida arxivlangan)
  4. „«Ever Given» кемасининг Сувайш каналида тиқилиб қолишига ким айбдор экани айтилди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-may.
  5. „Сувайш каналини тўсган «Ever Given» кемаси билан боғлиқ суд иши кейинга қолдирилди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-iyun.
  6. „Сувайш канали маъмурияти «Evergreen» компанияси билан келишувга эришди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-iyul. (Wayback Machine saytida 2021-08-15 sanasida arxivlangan)



pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy