Kontent qismiga oʻtish

Uchburchak

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Uchburchak
Uchburchak

Uchburchak  – bir toʻgʻri chiziqda yotmagan uchta nuqta va uchlari shu nuqtalarda boʻlgan uchta kesmadan yasalgan figura. Uchburchakni yasovchi uchta nuqta uchburchakning uchlari, uchlarini tutashtiruvchi kesmalar uchburchakning tomonlari, tomonlari orasidagi uchta burchak uchburchakning burchaklari deyiladi.

Uchburchakda faqat bitta toʻgʻri yoki oʻtmas burchak boʻladi (chunki uchburchakning ichki burchaklari yigʻindisi 180° yoki ga teng).

Uchburchakning istalgan tomoni uzunligi qolgan ikki tomon uzunliklari yigʻindisidan kichik, ayirmasidan esa kattadir.

Uchburchaklarning koʻpgina boshqa xossalarini trigonometriya, sferik geometriya, sferik trigonometriya va boshqa sohalarda oʻrganiladi.

Uchburchak uning uchlarini koʻrsatish orqali ifodalanadi. Misol uchun, A, B va C nuqtalarni tutashtirishdan hosil boʻluvchi uchburchak ABC kabi belgilanadi.

Uchburchak turlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uchburchak tomonlarining uzunligiga koʻra, uch xil boʻladi va ular:

  • Teng tomonli uchburchak – barcha tomonlari teng boʻlgan uchurchak. Uning hamma ichki burchaklari 60°dan.
  • Teng yonli uchburchak – ikkita tomoni teng boʻlgan uchburchak. Asosidagi burchaklari oʻzaro teng.
  • Turli tomonli uchburchak – uchala tomoni uzunliklari turlicha boʻlgan uchburchak. Hech qaysi burchaklari bir-biroviga teng emas
Teng tomonli (muntazam) uchburchak
Teng yonli uchburchak
Turli tomonli uchburchak

Uchburchak burchaklarining kattaliklariga koʻra ular uch xil boʻladi:

  • Toʻgʻri burchakli uchburchak – burchaklaridan biri 90° boʻlgan uchburchak. Toʻgʻri burchakli uchburchakning toʻgʻri burchagi qarshisida yotuvchi tomoni gipotenuza, qolgan ikki tomoni katetlari deb ataladi.
  • Oʻtmas burchakli uchburchak – bitta va faqat bitta burchagi 90°dan katta (oʻtmas) boʻlgan uchburchak.
  • Oʻtkir burchakli uchburchak – barcha burchaklari 90°dan kichkina (oʻtkir) boʻlgan uchburchak.
Toʻgʻri burchakli uchburchak
Oʻtkir burchakli uchburchak
Oʻtmas burchakli uchburchak

Asosiy xossalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Uchburchak ixtiyoriy tashqi burchagi oʻziga qoʻshni boʻlmagan ichki burchaklar yigʻindisiga teng
  • uchburchak ichki burchaklari yigʻindini 180° ga teng
  • uchburchakning tashqi burchagi oʻziga qoʻshni boʻlmagan ikkita ichki burchaklar yigʻindisiga teng
  • uchburchak tashqi burchaklari yigʻindisi 360° ga teng

Yuzini hisoblash

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tomon va unga tushirilgan balandlik orqali uchburchak yuzasini topish

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Uchburchak yuzasini tomon va shu tomonga tushirilgan balandlik orqali topish

Uchburchak yuzini hisoblashning bir necha usulllari mavjud. Bularning ichida eng soddasi ushbu formula orqali topishdir:

Bu yerda S – uchburchak yuzi, a – uchburchak tomoni, h – oʻsha tomonga tushirilgan balandlik

Geron formulasi yordamida uchburchak yuzasini hisoblash

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uchburchak yuzini topishda Geron formulasidan ham foydalaniladi. Geron formulasidan faqat uchburchak uchala tomoni aniq boʻlgandagina foydalanish mumkin. Geron formulasi quyidagicha:


Bu yerda ga teng (uchburchak yarimperimetri) ,  – uchburchak tomonlari uzunligi.

Geron formulasi yozilishining yana 2 ta ekvivalent yoʻli bor:

Burchak sinusi yordamida uchburchak yuzasini hisoblash

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tomonlari a, b,c va burchaklari α,β,γ boʻlgan uchburchak

Uchburchak yuzini berilgan ixtiyoriy ikki tomoni va ular orasidagi burchagi boʻyicha hisoblash mumkin. Yaʼni quyidagi formula orqali: . Bu yerda a, b, c – uchburchak tonomlari, α,β,γ – uchburchak tonomlari orasidagi burchagi.


Medianalar orqali uchburchak yuzasini hisoblash

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uchburchak tomonlariga tushirilgan uchala mediana maʼlum boʻlganda quyidagi formula orqali uchburchak yuzi hisoblanadi:

Bu yerda ,  – mos ravishda uchburchakning a, b,c tomonlariga tushirilgan medianalar

Uchburchaklar tengligi va oʻxshashligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uchburchaklar tengligining uch xil alomati mavjud:

  • Uchburchaklar tengligining TTT alomati – Bir uchburchakning barcha tomonlari ikkinchi uchburchakning barcha tomonlariga mos ravishda teng boʻlsa, ikkita uchburchak oʻzaro teng deyiladi
  • Uchburchaklar tengligining TBT alomati – Bir uchburchak ikki tomoni va ular orasidagi burchak, ikkinchi uchburchak mos ikkita tomoni va ular orasida burchakka teng boʻlsa, bu uchburchaklar oʻzaro teng deyiladi
  • Uchburchaklar tengligining BTB alomati – Bir uchburchakning ikki burchagi va ular orasidagi tomon, ikkinchi uchburchakning mos ikki burchagi va ular orasidagi tomonga teng boʻlsa, bu uchburchaklar oʻzaro teng deyiladi.

Oʻxshash uchburchakning mos burchaklari teng, mos tomonlari esa proporsional boʻladi. Ikki oʻxshash uchburchak tomonlari nisbati oʻxshashlik koeffitsientiga, yuzlari nisbati esa uning kvadratida teng.

Uchburchaklar oʻxshashligining alomatlari

  • Uchburchaklar oʻxshashligining BB alomati:Agar bir uchburchakning ikkita burchagi ikkinchi uchburchakning ikkita burchagiga mos ravishda teng boʻlsa, bunday uchburchaklar oʻxshash boʻladi.
  • Uchburchak oʻxshashligining TBT alomati: Agar bir uchburchakning ikki tomoni ikkinchi uchburchakning ikki tomoniga proporsional va bu tomonlar hosil qilgan burchaklar teng boʻlsa, bunday uchburchaklar oʻxshash boʻladi.
  • Uchburchaklar oʻxshashligining TTT alomati: Agar bir uchburchakning uchta tomoni ikkinchi uchburchakning uchta tomoniga mos ravishda proporsional boʻlsa, bunday uchburchaklar oʻxshash boʻladi.
  • Uchburchak kalkulyatori- uchburchakning uchta tomoni va burchagi berilganda, qolgan burchak va tomonlarini hisoblaydi.
pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy