Kontent qismiga oʻtish

Vaduts

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

VadutsLixtenshteyn knyazligining poytaxti. Reyn daryosining oʻng sohilida, Retikon togʻi etagida joylashgan. Aholisi 4,8 mingdan ko‘proq kishi (1990-yillar oʻrtalari). V. mamlakatning savdo-moliya markazi. Shaharda mayda sanoat korxonasi koʻp; sanoat mahsulotiningdeyarli hammasi chetga chikariladi. V. va uning atrofida aniq mashinasozlik, asbobsozlik, samolyotsozlik, raketasozlik, sanoati uchun detallar tayyorlovchi korxonalar, Yevropadagi eng katta "Neolitsa" sunʼiy (chinni) tish fabrikasi bor. Hunarmandchilik rivojlangan. Vadutsda yirik bank, kollej, muzeylar, pochta markalari bozori, meʼmoriy yodgorliklardan 9-asrda qurilgan kalʼa bor. Turizm rivojlangan. Shahar 1342 yilda vujudga kelgan.

Shahar manzarasi
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy