Kontent qismiga oʻtish

Vazirlik

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vazirlik — muayyan davlatlarda alohida bir sohaga rahbarlik qiladigan ijrochi organ. Vazirlik rahbari, odatda, hukumat tarkibiga kiruvchi davlat arbobi hisoblanadi. Vazirlik lar qonun chiqaruvchi oliy organlar (masalan, AQShda) yoki davlat rahbari (masalan, Fransiyada) tomonidan, qonunlar yoxud hukumat aktlari asosida (masalan, Buyuk Britaniyada) tashkil qilinadi.

Oʻzbekistonda vazirlik tizimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasida Vazirlik davlatning markaziy boshqaruv organi, davlat mahkamasining muhim qismidir.

Asosiy vazifasi — iqtisodiyot muayyan tarmogʻiga, ijtimoiy-madaniy qurilish va maʼmuriy-siyosiy faoliyatga rahbarlik qilishdan, oʻziga topshirilgan tarmoqning har jihatdan rivojlanishini taʼminlashdan iborat. Vazirliklar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rahbarligida ish olib boradi va tarmoqqa oid barcha masalalarni oʻz huquqi doirasida hal etadi. Vazirlikni hukumat tarkibiga kiradigan vazir boshqaradi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenta Vazirlar Mahkamasi aʼzolarini tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi, keyinchalik bu masalalarni Oliy Majlisning tasdigʻiga kiritadi ("Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi", 93-modda).


  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy