Kontent qismiga oʻtish

Volt-amper

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Volt-amperXalqaro birliklar tizimi (SI)da oʻzgaruvchan tok toʻliq quvvatining oʻlchov birligi. Elektr zanjirdagi tok kuchi A taʼsir qiymatining uning qismlaridagi kuchlanish V ga koʻpaytmasidan iborat. V-A bilan belgilanadi. Faol quvvat (birligi — vatt) va reaktiv quvvat (birligi — var) xillarga boʻlinadi. V.-A manbaning zanjirga bergan eng koʻp quvvatini yoki elektr zanjiri isteʼmol qiladigan toʻla quvvatni bildiradi. Nominal toʻla quvvat oʻzgaruvchan toqsa ishlaydigan elektr mashinalari, transformatorlar parametrlarini, shuningdek nominal kuchlanishda ulardagi eng katta tok kuchini aniqlash imkonini beradi. Tok va kuchlanishning amaldagi qiymatlari ampermetr va voltmetr bilan oʻlchanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy