Kontent qismiga oʻtish

W. B. Yeats

Vikipediya, erkin ensiklopediya
W. B. Yeats
Tavalludi 13-iyun 1865[1][2][3] va 13-mart 1865[4]
Vafoti 28-yanvar 1939[2][3][4]
Ijod qilgan tillari Ingliz tili[5]
Fuqaroligi Irish Free State[6]

W. B. Yeats, toʻliq ismi William Butler Yeats (talaffuzi: Uilyam Batler Yits) (1865.13.6, Sandimaunt, Dublin yaqinida — 1939.28.1, Rokbryun, Fransiya) — irland shoiri va dramaturgi, simvolizm namoyandasi. 90-yillardagi „Irland uygʻonish davri“ madaniy harakatining tashabbuskori va qatnashchisi. Birinchi milliy teatr asoschisi. Irland adabiyot akademiyasini tashkil etishda qatnashgan. Y. ijodi irland folklori bilan mustahkam aloqada rivojlangan: „Ossianning sarguzashtlari“ (1889) dostoni, „Sirli atirgul“ (1897) sheʼriy toʻplami va b. „Xulienning qizi Ketlin“ (1902) pyesasida irland xalqining milliy ozodlik harakati qoʻllabquvvatlangan. „Minora“ (1928), „Aylanma zina“ (1933) sheʼriy toʻplamlarida tushkunlik kayfiyati seziladi. Ijodida kelt mifologiyasiga murojaat qilgan, bu unga milliy irland adabiyotini qayta tiriltirish imkonini berdi. Y. oʻzining sahna asarlari bilan sheʼriy dramaning taraqqiyotiga salmoqli hissa qoʻshdi. Umrining soʻnggi yillaridagi asarlarida ramziy obrazlarning koʻpligiga qaramay, kiborlar jamiyatidagi ikkiyuzlamachilik va riyokorliklar qoralanadi. Nobel mukofoti laureati (1923).[7].



pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy