Kontent qismiga oʻtish

Zarafshon muzligi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Zarafshon muzligi - Olay, Turkiston va Zarafshon tizmalari birbiri bilan qoʻshilgan joydagi muzlik. Mastchoh tog tugunida joylashgan. Uzunligi 27,8 km, eng keng joyi 2 km, mayd. 43 km² (irmoqlari bilan birga 132,6 km²), oʻrtacha qalinligi 200 m. Muzlikning 24 km² qismi morena bilan qoplangan. 3. m.ning umumiy hajmi 14,9 km³. Boshlanish joyining bal. 4900 m, quyi chegarasining bal. esa 2772 m. 30 dan ortiq irmogʻi bor. Eng yiriklari: Tolstoy muzligi (uz. 12 km, mayd. 19 km²), Faraxnov (uz. 14,4 km, mayd. 14 km²), Miramin (uz. 7 km, mayd. 10 km²) va Skachkov (uz. 6,5 km mayd. 9 km²) muzliklaridir. 3. m.ning suv zaxirasi (irmoqdari bilan) qariyb 19 mlrd. m³. Muzlik uchi ancha pastga tushib kelganidan yozda koʻp eriydi.

  • Krupneyshiye ledniki Sredney Azii — ledniki Fedchenko i Zarafshanskiy [Rezultati meteorologicheskix i gidrologicheskix issledovaniy], L., 1967; Kreyter A. A., Nasirov M. A. i dr., Sovremennoye oledeneniye v basseyne reki Zarafshan, T., 1972; Shuls V. L., Mashrapov R., Oʻrta Osiyo gidrografiyasi, T., 1969.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy