Kontent qismiga oʻtish

xizmat

Vikilug‘atdan olingan
Oʻzbekcha (uz)

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

xiz-mat

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

arabcha — xizmat; ish, lavozim; xizmat koʻrsatish; yordam

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Biror ish yoki mehnat bilan shugʻullanish; biror ishni bajarish; ish, mehnat. Bir kun eshon meni.. chaqirib: -Oʻgʻlim, — ◆ dedi, — mana endi bizga ancha xizmating singdi. Gʻ. Gʻulom, „Shum bola“ . ◆ Yurt, hukumat aslo bu xizmatlaringni unut-maydi. S. Ahmad, „Ufq“ . -Agar mening bu xiz-matim xon janobining marhamatiga loyiq koʻrilar ekan, — dedi hoji, — menga eng manzur boʻlgan mukofot oʻgʻlimning ozod qili-nishidir. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.

Xizmat qilmoq 1) ish, yumush qilmoq. ◆ Bu esa yelib-yugurib xizmat qilib yurgan Obidovning koʻngliga gʻulgʻula oldi. Gazetadan; 2) biror muassasa, „korxonada ishla-moq“ . U ◆ institutda xizmat qiladi; 3) mu-ayyan vazifani bajarmoq, „kerak boʻlmoq“ . ◆ "Boburnoma" dagi maʼlumotlar hozirgi zamen fani uchun ham xizmat qiladi. "Fan va turmush" .

2 Birovga yordam koʻrsatish; xolisona qi-lingan ish; yordam; yaxshilik. ◆ Bu xizmating-ni sira unutmayman. Elga xizmat  — oliy hammat. Maqol. ■■ ◆ El ga xizmat qilib, bolam, duo ol. "Malikai ayyor" . ◆ Tooʻlguncha, ota, qilay xizmating, Qilgan xizmatlarim — sening izzating. "Malikai ayyor" .

3 Biror tashkilot, muassasa yoki kor-xonada bajariladigan ish, vazifa; lavozim; shunday joyda ishlash. ◆ Birinchi noyabrda bul-sa kerak, "Mushtum" xizmatiga kirishgan-man. A. Qodiriy, „Kichik asarlar“ . ◆ Siz, ogʻay-nilar, ilgari xon yonida qandoq xizmatda boʻlgan boʻlsalaringiz, endi ham oʻsha vazifada qolaberasizlar. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ . ◆ U [Ahror xalfa Fuzayilxonov] shu yerdagi xizmatga kirib, keyinchalik sekin-asta birinchi sinf oʻqituvchisi boʻlib oldi. "Mushtum" .

Xizmat haqi Biror ish yoki topshiriqni bajargani uchun beriladigan haq. ◆ Mana, Mu-tal polvon, hozircha oz boʻlsa ham, shuni olib turasiz, ammo xizmat haqingiz oʻz yoʻliga boʻladir. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ .

5 Ish, topshiriq, vazifa. [Homid:] ◆ Kishi-ning xizmatidan qochgan odam emasman. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ . ◆ Sizga ogʻir kelmasa, bir xizmat topshirmoqchiman, usta! A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ .

Xizmatingizga tayyorman Nima ish buyur-sangiz, bajaraveraman, buyrugʻingizga mun-tazirman. ◆ [Shofyor yigit:] Xizmatingizga doim tayyormiz. S. Anorboyev, „Oqsoy“ .

6 Soʻroq ohangi bilan aytilib, „Menda nima ishingiz bor?“ degan maʼnoni bil-diradi. ◆ -Xoʻsh, oʻrtoq Doʻsmatov, xizmat? — dedi Davlatyor. P. Tursun, „Oʻqituvchi“ . ◆ -Xizmat? — dedi u \Akram\ yumshoq kresloning suyanchigʻiga oʻzini taisshb, Nigoraga tikildi. S. Anorboyev, „Oqsoy“ .

7 s. t. Armiya safida boʻlish, harbiy maj-buriyatni oʻtash. ◆ Xizmatga chaqirilmoq. yash [◆ Ota-onalar] Bundan bir yoki ikki yil ilgari askarlikka uzatgan va xizmatini tu-gatish oldida urushga toʻgʻri kelib, hozir jang qilayotgan bolalarni esladilar. I. Rahim, „Chin muhabbat“ .

8 Armiya tarkibidagi ayrim ixtisos-lashgan sohalar yoki tarmoqlar. ◆ Aloqa xiz-mati. Tibbiyot xizmati. Razvedka xizmati.

Xizmat koʻrsatgan Mehnati eʼtirof etilgan kishilarga beriladigan faxriy unvonlar tarkibida ishlatiladi. ◆ Xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi. Xizmat koʻrsatgan fan arbobi. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist. Xizmat koʻrsatmoq Ki-shilar ehtiyojini, „talabini qondirish bilan bogʻliq biror ish qilmoq“ . ◆ Madaniy xizmat koʻrsatmoq. Xizmatda (yoki xizmatin-gizda) boʻlaylik Biror kimsani mehmondor-chilikka taklif qilganda, iltifot yuzasi-dan aytiladigan ibora. ◆ Mulla Gʻulom, bugun xizmatda boʻlaylik, qoʻl boʻshadi deguncha toʻgʻ-ri kelaverasiz. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ .

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ХИЗМАТ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

xizmat
1 служба, работа; должность; служение; // служебный, рабочий; ◆ vatanga xizmat служение родине; ◆ majburiy xizmat принудительные работы; ◆ xizmat joyi место службы, место работы; ◆ harbiy xizmat военная служба; ◆ xizmat muddati срок службы; ◆ xizmat vaqti служебное (рабочее) время; ◆ xizmat varaqasi служебная записка; ◆ xizmatga olmoq принимать на службу, принимать на работу; ◆ xizmatdan boʻshatmoq освобождать от работы, увольнять со службы; ◆ xizmatdan chetlashtirmoq отстранять от работы (должности);
2 труд; ◆ bunga mening ancha xizmatim singan на это я потратил много труда; много труда я вложил в это;
3 услуга одолжение; ◆ nima xizmat? чем могу служить?; что прикажете?; ◆ xizmat? = nima xizmat?; xizmat, otaxon? чем могу служить, папаша?; ◆ xizmatingizga tayyorman я к вашим услугам; ◆ xizmatda (или ◆  xizmatingizda) boʻlaylik разрешите вам услужить, сделайте одолжение (говорится, когда приглашают кого-л. к себе в гости); ◆ xizmatga tuhmat погов. (букв. клевета за услугу) зло за добро, чёрная неблагодарность;◆ xizmat haqi 1) заработная плата; 2) плата за услугу; ◆ xizmat qilmoq 1) служить; работать; bizda fan va texnika yutuqlari xalqqa xizmat qiladi у нас достижения науки и техники служат народу; ◆ ministrlikda xizmat qilmoq служить (работать) в министерстве; ◆ bu etik menga koʻp xizmat qildi эти сапоги долго служили мне; 2) обслуживать; услуживать; оказывать услугу; ◆ xizmat qildirmoq поставить на службу;
4 заслуга; ◆ katta xizmatlar большие заслуги; ◆ xizmat koʻrsatmoq 1) заслуживать; ◆ xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi заслуженный учитель; 2) обслуживать; ◆ madaniy-maishiy xizmat koʻrsatish культурно-бытовое обслуживание;
5 служба (отрасль, отдел); ◆ aloqa xizmati служба связи.

.

pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy