Kontent qismiga oʻtish

Aktiniyalar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Aktiniyalar (Actiniaria) — dengiz boʻshliqichlilari turkumi; marjon-poliplar sinfi olti nurlilar kenja sinfiga mansub. Koʻpchilik turlari yakka yashaydi. Tanasi silindr shaklida, yor-qin rangli, koʻndalang kesimi bir necha mm dan 1,5 m gacha, pastki yassi tomoni tovon deyiladi. A. muskulli tovoni yordamida sekin harakatlanishi mumkin. Ayrim turlari suv tubiga yopishib yoki qumga koʻmilib olib harakatsiz yashaydi, suzib yuradigan turlari ham maʼlum. Ta-nasining yuqori uchida juda koʻp paypas-lagichlar bilan oʻralgan ogʻzi joylashgan. A. yirtqich, mayda umurtqasizlar, hatto mayda baliqlar bilan oziqlanadi. Oʻljasini otuvchi hujayralar bilan qurollangan pay-paslagichlar yordamida falajlaydi yoki oʻldiradi. Otuvchi hujayralari zahari odam terisini ham kuydirib, ogʻriq paydo qilishi mumkin. Jinsiy va jinssiz — boʻyiga yoki koʻndalangiga boʻlinish orqali kupayadi. 1500 ga yaqin turi Orol va Kaspiy dengizidan boshqa barcha dengizlarda tarqalgan. Koʻpchilik turlari zohid qisqichbaqalar va boshqa umurtqasizlar bilan simbioz yashaydi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy