Kontent qismiga oʻtish

Amon

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Amon (yoki Amun) – qadimgi misrliklarning bosh ilohi, firʻavnlar homiysi. U dastlab Fiva maʼbudi boʻlgan, bu shahar poytaxtga aylanganidan soʻng uning mavqei ortgan. Amon „koʻrinmas“, „yashirin“ degan maʼnolarni anglatib, ikki baland, uzun patli toj kiygan inson sifatida tasvirlangan. Misrliklar u havoda esadi, Amon va ona-qirolicha nikohidan firʻavnlar dunyoga keladi, deb ishonganlar. Amon keyinchalik Ra ilohiga tenglashtirilgan va Amon-Ra deb atalgan. Kohinlar Fivada Ramzes II ni toj kiydirish marosimida Amon nomidan quyidagi qutlovni xalqqa oʻqib berganlar: „Bu mening naslimdan boʻlgan haqiqiy oʻgʻlim, taxtimdagi himoyachim, Misr hukmdori“. Ramzes II bu kultdan unumli foydalanib, „Otasi“ning Karnak ibodatxonasida oʻzidan avval oʻtgan firʻavnlarni tahqirlab, nomlarini oʻchirtiradi va oʻzini Amonning tanlangan, magʻlubiyat koʻrmaydigan qahramon sifatida yozdirdi. Kohinlar uni doim Amon nomidan qoʻllab-quvvatlab turishgan. Firʻavn Exnaton davrida Bosh iloh sifatida quyosh maʼbudi Aton (Atum) belgilangan, Amonga sigʻinish taʼqiqlangan. Biroq Exnaton vafotidan soʻng misrliklarning bosh xudosi – Amon ilohi tiklangan[1].

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 32-33.
  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1. 


pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy