Kontent qismiga oʻtish

Bimetallizm

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Bimetallizm — qiymat oʻlchovi (qonunlashtirilgan umumiy ekvivalent) vazifasini 2 nodir metall — oltin va kumush bajaradigan pul tizimi hamda shu ikki metalldan zarb qilingan tangalarning mamlakatda muomalada yurishi. B. 16 — 19-asrlarda Gʻarbiy Yevropada keng tarqalgan edi. B.ning 2 shakli mavjud boʻlgan. Bular: 1) oltin tangalar bilan kumush tangalarning bir-biriga nisbati bozor qiymatiga qarab stixiyali ravishda belgilanadigan parallel valyuta. tizimi; 2) ikki metall qiymatlari oʻrtasidagi nisbat davlat tomonidan belgilanadigan qoʻsh valyuta tizimi. B. sharoitida qogʻoz pullar emissiya muassasalari xohishi bilan yo oltinga, yoki kumushga maydalangan, shuning uchun mamlakatning valyuta zaxirasi 2 metalldan iborat boʻlgan. Qoʻqon, Buxoro va Xiva xonliklaridagi pul tizimi B.dan ham murakkabroq boʻlib, muomalada 2 emas, balki 3 metall: oltin ("tilla"), kumush ("tanga") va mis ("pul") yurgan. Ularning qiymatlari oʻrtasidagi nisbat iqtisodiy va siyosiy sabablar tufayli doimo oʻzgarib turgan. Bu esa tovar-pul munosabatlarini juda qiyinlashtirgan. Zotan B. ham, muomalada 3 metall yurishi ham pulning umumiy yagona muqobil sifatidagi tabiatiga zid edi. Taraqqiy etgan mamlakatlar 19-asr oxirlariga kelib monometallizm (oltin)ga asoslangan pul tizimiga birinketin oʻtdilar. 20-asrning 60- yillar oxiridan qogʻoz pullarning oltin taʼminoti bekor qilinishi bilan monometallizm ham oʻz ahamiyatini yoʻqotdi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy