Milliy stadion (Pekin)
Pekin Milliy Stadioni — 2008-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari uchun yaratilgan universal sport majmuasi. U olimpiya bogʻi va suzish majmuasi yonida joylashgan.
Ushbu stadionda sport musobaqalarini oʻtkazishdan tashqari, 2008-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarining ochilish va yopilish marosimlari ham boʻlib oʻtgan.
Stadion qurilishi 2003-yil dekabr oyida Shvetsariyaning Herzog va de Meuron arxitekturaga ixtisoslashgan byurosi loyihasi asosida boshlangan. Uning ochilish marosimi 2008-yilning mart oyida oʻtkazilgan.
Stadionning qurilish qiymati 3,5 milliard yuanga baholangan, bu taxminan 325 million yevroga toʻgʻri keladi.
Stadionda Olimpiya oʻyinlaridan tashqari 2009-, 2011- va 2012- yillarda Italiya Superkubogi oʻyinlari ham boʻlib oʻtgan.
2022-yilda stadiondan XXIV Qishki Olimpiya oʻyinlarining ochilish va yopilish marosimlarida foydalanilgan[1].
Dizayni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Stadion tashqi koʻrinishidan qiziqarli va gʻayrioddiy koʻrinishga ega. Uning tribunalari betondan ishlangan „kosachalar“da joylashgan. Har birining ogʻirligi 1000 tonnaga yaqin. Bu „kosacha“ atrofida 24 ta truss ustunlari boʻlib, ularning ustiga qiyshiq metall toʻsinlar oʻrnatilgan. Ushbu strukturaning yuqori qismida ETFE (etilen-tetrafloroetilen) plyonkalari qopqoqning yuqori qismini hosil qilish uchun toʻquvlar orasiga choʻzilgan. Qoplamaning pastki qismida politetrafloroetilen ishlatilgan. Ushbu ikki material shaffof koʻrinishga ega boʻlib, quyosh nurlarini tibunalarga kirishiga imkon beradi shuningdek ular vazn jihatidan juda yengil ham hisoblanadi.
Ushbu majmuani bunyod etish uchun Xitoyda yangi poʻlat turi ishlab chiqilgan va bu boshqa modda aralashmalarining deyarli yoʻqligi bilan ajralib turgan. Boisi xorijdan keltirilgan boshqa turdagi poʻlatlar tarkibidagi boshqa jismlar metallarni payvandlashni murakkablashtirgan. Dastlab maydonini toʻliq qoplaydigan sirgʻaluvchi qoplamali stadion qurish rejalashtirilgan.
Qurilish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Stadion qurilishi bir necha alohida bosqichlarda amalga oshirilgan. Birinchi bosqich qurilish maydonchasi uchun qoʻyilgan beton poydevorga beton tayanch konstruktsiyasini oʻnatishni oʻz ichiga olgan. Qurilish poydevori taxminan 35 metr chuqurlikda qoʻyilgan. Shundan soʻng stadionni oʻrab turgan egri chiziqli poʻlat karkas bosqichma-bosqich amalga oshirgan, bu asosan oʻzini-oʻzi qoplagan. Ushbu bosqichli yigʻish usuli Shanxayda ishlab chiqarilgan va yigʻish va payvandlash uchun Pekinga olib kelingan egilgan poʻlatdan yasalgan ramka qismlarini birlashtirishni oʻz ichiga olgan. Keyinchalik, beton „payola“ qurilgan va stendlar oʻrnatilgan. Qurilish bir oz vaqtga ayrim tashqi muammolar sabab toʻxtatilib qoʻyilgan.
2004-yil mart oyiga kelib qurilish rahbarlari yangi loyiha ustida ishlashni davom ettirgan. Yangi loyihada stadion tomining yigʻib olinadigan koʻrinishidan voz kechishga qaror qilingan. Ushbu gʻoyaning ahamiyatli tomoni, u oʻn ming tonnadan ortiq poʻlat va taxminan 150 million dollarni tejashga imkon yaratgan.
2005-yil sentabr oyida truss ustunlari uchun vaqtinchalik tayanchlar oʻrnatilgan va oktabr oyiga kelib barcha 24 ta ustunlar mustahkam koʻrinishda qotirilgan. Shundan soʻng bu ustunlarga payvandlash yoʻli orqali tashqi metall konstruktsiyasining nisbatan kichik elementlari oʻrnatilgan.
Qurilish vaqtida konstruktiv elementlardan birining qulashi natijasida 3 kishi dunyodan koʻz yumgan.
Surat
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Ichkarida koʻrish
-
2008-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida yengil atletika
-
Stadionning tashqi tuzilmalari
-
2008-yilgi oʻyinlar vaqtidagi stadion
-
Pekin milliy stadioni tunda
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Олимпийский стадион Пекина-2022 и другие объекты зимней Олимпиады“. Olympics.com. 2021-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-oktyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 国家体育场 — statya iz Baydupedii (kit.)
- The New York Times: Posle Olimpiadi v Pekine ostalas lish „pornografiya ruin“