Kontent qismiga oʻtish

Olovli yer

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Olovli yer — Janubiy Amerikaning jan. chekkasidagi arxipelag. Materikdan Magellan boʻgʻozi orqali ajralgan. Gʻarbiy qismi Chili, sharqiy qismi Argentina tarkibida. Maydoni 72 ming km². Olovli Yer yoki Ila-Grande o. (maydoni 48 ming km²) va juda koʻp mayda orol va kryalardan iborat. Gorn burni Janubiy Amerikaning eng jan. nuqtasi. Arxipelagning jan. va gʻarbiy qismi togʻlik (eng baland joyi 2469 m), qolgan qismi sertepa tekislik va pasttekislik. Ford, torfli botqomik koʻp. Muzliklar bor. Iklimi moʻʼtadil, salqin okean iklimi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 10—11°, iyulniki 0—2°. Yiliga 500 mm dan 2000 mm gacha yogʻin yogʻadi. Milliy bogʻlar tashkil etilgan. Axrli qoʻychilik va baliq ovlash bilan shugʻullanadi. Neft va gaz konlari bor. Asosiy aholi punktlari: Ushuaya va Porvenir. Olovli yerni yevropaliklardan dastlab 1520-yilda F. Magellan aylanib oʻtgan. U mahalliy aholi yoqqan gulxanlarni koʻrib arxipelagga shunday nom bergan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy