Uels (hudud)
Uels (Wales) — Buyuk Britaniyanning maʼmuriy-siyosiy qismi (tarixiy-geografik hudud). Uels yarim orol va unga yondosh Anglsi orolida joylashgan. Maydoni- 20,8 ming km². Aholisi 3 mln. kishiga yaqin (2000). Eng katta shahri — Kardiff. Maʼmuriy jihatdan 8 graflikka boʻlingan. Tub aholisi — valliy (uels)lar tashkil etadi.
Yer yuzasining koʻp qismi togʻlik hisoblanadi. Eng baland joyi 1085 m. Iqlimi-moʻʼtadil dengiz iqlimi tashkil etadi. Oʻrmon, oʻtloq va yalangliklar bor. Toshkoʻmir, temir va polimetall rudalari konlari mavjud.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uels hududida qadimda kimvrlarning kelt qabilalari yashagan. Anglosaks (5—6-asrlar) va normand (Pa.)larning Britaniya orolarini bosib olishlari natijasida Uels hududidagi kelt qabilalaridan biri boʻlgan brittlarning bir qismi boshqa joylarga koʻchirilgan. 13-asr oxirida U. hududini Angliya egallab olgan (1536-yil gacha muxtor knyazlik). 1301-yildan ingliz taxtining vorislari "Uels shahzodasi" unvoniga egadirlar.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |