Kontent qismiga oʻtish

Xazarlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Xazarlarturkiy xalq. Gunnlar bosqinidan soʻng (4-asr) Sharqiy Yevropada paydo boʻlgan va Gʻarbiy Kaspiy boʻyi dashtida, Shimoliy Dogʻistondagi Sulak daryosi bilan Kuyi Volga oraligʻida koʻchmanchi hayot tarzi kechirgan. Savirlar bilan birgalikda X. Eron va Vizantiyaning Zakavkazyedagi mulklariga hujum qilgan. X. bunda oʻzaro raqobatda boʻlgan goh Eron, goh Vizantiya tomonida turib urushga kirgan. 6-asrning 60-yillarida X. Turk xoqonligita tobe boʻlishgan. 7-asr oʻrtasida, Gʻarbiy Turk xoqonligi parchalangach, uning davomi sifatida Xazar xoqonligi barpo etilgan. Uzoq vaqt X.ning asosiy mashgʻuloti koʻchmanchi chorvadorlik boʻlib qolgan. 8-asrda X.da urugʻchilik munosabatlari yemirilib, ilk mulkchilik munosabatlari shakllangan. Aholining bir qismi oʻtroq hayotga oʻtib, dehqonchilik va bogʻdorchilik bilan (avval Shimoliy Dogʻistoida, soʻngra Volga boʻyida) shugʻullangan. 10-asrda Xazar xoqonligi barxam topgach, X. Dashti Qipchoqdagi turkiy bijanaklarga singib ketgan.




pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy